Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi 135-sonli umumtaʼlim maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allaberganova, tuman IIOFMB boshligʻi, podpolkovnik Alisher Murodov, tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi Abdumuxtor Malikov, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Mustafayeva Dilfuza va masʼul xodimlar ishtirok etishdi. Tanlovning test sinovi bosqichida tumandagi 13 ta umumtaʼlim maktabdan maktab terma jamoasi shakllantirilgan boʻlib, har bir maktabning 7-9-sinf oʻquvchilaridan iborat 5 nafardan jami 65 nafar oʻquvchi qatnashdi. Yakunda 1-oʻrin 118-maktab oʻquvchilariga nasib qildi. Gʻoliblar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlandi.
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
