Sirdaryo viloyati IIBda 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yoʻl qoʻyilgan xato-kamchiliklar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.
Videokonferensiya koʻrinishida oʻtkazilgan yigʻilishda sohaviy xizmatlarda amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va joriy yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida batafsil axborot berildi.
Masʼullarning axboroti boʻyicha kamchilikka yoʻl qoʻygan sohalar keskin tanqid qilinib, bunga sababchi boʻlgan xodimlarning oʻtgan davr mobaynidagi faoliyati atroflicha muhokama qilindi. Kamchilikka yoʻl qoʻygan masʼullarga tegishli intizomiy taʼsir choralari koʻrish, shuningdek, ijobiy ish koʻrsatkichlariga erishgan xodimlarni munosib ragʻbatlantirish haqida topshiriqlar berildi.
Yigʻilish soʻnggida, viloyat hududida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida aniq vazifalar belgilandi. Ayniqsa, aholi oʻrtasida tezkor profilaktik targʻibot tadbirlarini kuchaytirish, jinoyatchilikka qarshi kurashishda zamonaviy ilgʻor texnologiyalar imkoniyatlaridan keng foydalanish, hududlarni kameralashtirish va boshqa masalalar yuzasidan tegishli vazifalar yuklandi.
Oʻz muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
