IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligida vazir oʻrinbosari, general-mayor B. Mirzarahimov boshchiligida joriy yilning 6 oyi davomida jangovar xizmat va harbiy intizom hamda shaxsiy tarkib tomonidan sodir etilgan qonunbuzilish holatlarini tahlil qilish va kelgusidagi vazifalarni belgilashga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Video-konferens-aloqa tarzida tashkil etilgan ushbu tadbirda qoʻshinlarga qarashli barcha harbiy qism va qoʻshilmalarda xizmat qilayotgan ona Vatanimiz himoyachilari ishtirok etishdi.
Tanqidiy ruhda oʻtgan mazkur yigʻilishda shaxsiy tarkib tomonidan sodir etilgan qonunbuzilish holatlari va koʻngilsiz hodisalarning kelib chiqishi hamda bunga imkon bergan shart-sharoitlar tahlil qilinib, mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, vazir oʻrinbosari tomonidan kelgusida harbiy xizmatchilar orasida korruptsiya, firibgarlik va boshqa turdagi qonunbuzarliklarning oldini olish borasida taʼsirchan profilaktik tadbirlar olib borish, jinoyatga jazo muqarrarligini taʼminlash yuzasidan vazifalar ham belgilab berildi.
Oʻz muxbirimiz.
