18 noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Andijon viloyatining barcha hududlarida tantanali tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.
Xususan, Andijon shahrida minglab yoshlar, viloyat ichki ishlar organlari va milliy gvardiya xodimlari, harbiylar va boshqa turli soha vakillari ishtirokida harbiy orkestr sadolari ostida Davlat bayrogʻi bilan tantanali yurish tadbiri oʻtkazildi.
Faxr-iftixorimiz boʻlgan bayrogʻimizni sharaflash tadbirlari joylarda davom etmoqda.
Boris KLEYMAN,
oʻz muxbirimiz.
Andijon viloyati.
