Boyovut tumanidagi doʻkondan 133 million soʻmlik zargarlik buyumlarini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga olindi.

Tuman ichki ishlar boʻlimiga Boyovut shaharchasi, Madaniyat mahallasidan R. ismli shaxs oʻziga tegishli doʻkondan zargarlik buyumlari oʻgʻirlab ketilgani toʻgʻrisida murojaat qilgach, voqea joyiga zudlik bilan tezkor guruh yetib bordi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni X. ismli ayol sodir etganligi aniqlandi. Maʼlum boʻlishicha, u oʻgʻirlikdan bir kun oldin doʻkon qulfini buzib, oʻzi bilan olib borgan qulfni oʻrnatib ketgan. Ertasi kuni esa hech kim yoʻqligidan foydalanib, doʻkondagi qimmatbaho taqinchoqlarni oʻgʻirlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

“Postda” muxbiri.

Sirdaryo viloyati.