Jizzax shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va uni betalofat oʻtkazish boʻyicha viloyat, shahar va tumanlar shtablari aʼzolari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Unda ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlari hamda turar joylarni qishga tayyorlash, elektr, tabiiy gaz, ichimlik suvi, issiqlik bilan taʼminlash, koʻmir zaxirasini yuzaga keltirish masalalari koʻrib chiqildi.

Shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish, ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlari hamda turar joylardagi moʻrilar sozligi choralarini koʻrish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Tadbirda Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, polkovnik Yahyojon Abdulhakov soʻzga chiqdi.

Alijon Abdusattorov,

oʻz muxbirimiz.

Jizzax viloyati.