Respublika Oliy sudi, bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi va Soliq qoʻmitasi vakillaridan iborat ishchi guruh viloyatda bir qator targʻibot tadbirlarini oʻtkazdi. Bu jarayonda asosiy eʼtibor mamlakatimiz rahbarining joriy yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyatidan ommani xabardor etishga qaratildi.
Oʻz muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
