Jizzax viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash markazi kursantlari ishtirokida targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Yigʻilishda Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasining oʻta muhim ishlar boʻyicha tergovchisi, podpolkovnik Habib Xalikov firibgarlik jinoyati va mazkur turdagi qonunbuzarliklar profilaktikasi, viloyat Adliya boshqarmasi xodimi Jahongir Karimov esa korrupsiya va unga qarshi kurashish yuzasidan maʼruzalar oʻqishdi. Yakunda kursantlarning savollariga javoblar qaytarildi.  

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.