Fargʻona viloyatining Rishton tumani IIBda “Intizom oyligi” samarali tashkil etilyapti. Mazkur oylik hamda “Maʼnaviyat marshrutlari” loyihasi doirasida boʻlimning bir guruh xodimlari tuman hududida joylashgan “Xoʻja Rushnoiy” ziyoratgohi hamda Xalqaro kulolchilik markaziga sayohat qildilar.
XIX asr maʼmorchiligiga oid “Xoʻja Rushnoiy” ziyoratgohi xodimlarga maʼnaviy ruhiy sokinlar hadya etgan boʻlsa, Xalqaro kulolchilik markazidagi ustaxonalar, koʻrgazmalar, qoʻl mehnati bilan yasalgan sanʼat asarlari bir olam taassurot ulashdi.
Osoiyshtalik posbonlari markazdagi ustaxonlarga kirib, kulollarning ish jarayoni bilan ham yaqindan tanishdilar.
Abduvosit SIDIQOV,
Oʻz muxbirimiz.
Fargʻona viloyati.
