Qiziriqlik Bahrom Egamov (ism-shariflar oʻzgartirildi)ning oʻgʻli Qozogʻistondagi oliy oʻquv yurtida tahsil oladi. U oʻgʻlining oʻqishini Oʻzbekistonga koʻchirishni rejalashtirib yurganida Jarqoʻrgʻon tumani “Dehqonobod” mahallasida yashovchi tanishi Shokir Daminov bu ishni osongina hal qilib berishini aytadi. Soʻng B.Egamovning oʻgʻli bilan birga jiyanining ham oʻqishini Termiz davlat universtitetiga koʻchirib berish evaziga 5 ming AQSH dollari miqdorida pul talab qiladi. B.Egamovdan kelishilgan summani olib, pullarni oʻz ehtiyojlariga ishlatib yuboradi.
Quruq vaʼdaga ishonib, tarvuzi qoʻltigʻidan tushgan B.Egamov IIBga murojaat qilgach, Shokir Daminovga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
Feruza RAHMONQULOVA,
“Postda” muxbiri.
Surxondaryo viloyati.
