Xizmat jarayonida soha xodimlarning jismoniy va jangovar salohiyatga egaligi, tayyorgarlik darajasi muhim ahamiyatga egadir. Shu boisdan har bir xodimdan kasb malakasini oshirib borish, tayyorgarlik darajasini baholash talab qilinadi.
Yaqinda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV JTSB Kinologiya boʻlinmasi xodimlari oʻzlariga biriktirilgan xizmat itlari bilan ana shunday sinovlardan oʻtishdi. Oʻzbekiston Respublikasi IIV JTSX masʼul xodimlari tomonidan malaka toifasini berish hamda umumiy va maxsus kurslar boʻyicha tayyorgarlik darajasini baholash maqsadida kinologlardan sinovlar qabul qilindi.
Azamat PIRNIYAZOV,
«Postda» muxbiri.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi.
