Bir kuni ertalab qoʻy-qoʻzilarni qoʻrasidan chiqarayotib 2 bosh qoʻyi yoʻqligini payqadi. Darhol bu haqda tuman IIBga qoʻngʻi­roq qilib, holatni tushuntirdi. Koʻp oʻtmay yetib kelgan tergov-tezkor guruhi aʼzolari ishga kirishishdi. Tezkor vakil, mayor Elbek Sultonov ayni sovuq zabtiga olgan mahal qoʻtonning atrofini koʻzdan kechirar ekan, poyabzal iziga koʻzi tushdi. Izlar bolalar oyoq kiyimiga oʻxshashligini koʻrib biroz shubhalandi. Chunki otaxonning ikki oʻgʻli ham ulgʻayib qolgan boʻlib, Samarqand shahrida oʻqishardi. Axtam otadan yaqin orada uyiga kimlar kelganini soʻradi. Afsuski, tayinli gap ololmadi. 

«Zulqarnay» mahallasidagi uylar orasi juda uzoq boʻlib, qoʻshni hovli ancha narida joylashgan edi. Jabrlanuvchining qoʻshnisi Badir aka yaqinda jazo oʻtab qaytganini hisobga olib, balki yana eski «hunari»ning xumori tutgandir, degan oʻyda u bilan suhbatlashishga shoshildi. Borsa, Badir aka qattiq shamollab yotgan ekan. Xonadondan chiqa turib, ostonadagi oyoq kiyimlarga koʻzi tushdi. Sport kros­sovkasini qoʻliga olib, ostiga qaradi. Qoʻra atrofida qoldirilgan izlar mana shu poyab­zal ostidagi «naqsh»larga juda oʻxshardi. Krossovka Badir akaning oʻgʻli Botirniki ekan. Surishtiruv chogʻida Elbek Sultonovning shubhalari oʻz tasdigʻini topdi. Maktabning 9-sinfida oʻqiy­digan Botir yarim kechasi Axtam otaning qoʻrasidan 

2 bosh qoʻyini oʻgʻirlab, qassobga sotib, pullarni oʻz ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan edi. 

Nurota tumani IIB TQX JQB tezkor vakili, mayor Elbek Sultonov qariyb 

15 yildan beri ichki ishlar organlarida xizmat qiladi. Faoliyatini Nurota tumanidagi «Eshon sudur» mahallasi profilaktika inspektorligidan boshlagan. Joriy yilda tuman hududida sodir etilgan jinoyatlarning aksariyati uning tezkorligi, topqirligi va sinch­kovligi tufayli «issiq izida» fosh etildi. Qolaversa, aholi oʻrtasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib boriladigan keng qamrovli targʻibot tadbirlarida ham faol ishtirok etadi. Oʻtkazilgan profilaktik ishlar oʻz samarasini berib, tumanda ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoyatlar kamayishiga erishildi. 

«Tegirmon navbati bilan», deb bejiz aytishmaydi. IIV Akademiyasida olgan nazariy bilimlarini, ustozlaridan oʻrganganlarni amaliyotda qoʻllab, malakali mutaxassis darajasiga yetishgan qahramonimiz endilikda yoshlarga ham kasbiy mahorat sirlarini oʻrgatmoqda. 

Mahliyo XOLOVA,

oʻz muxbirimiz.

Navoiy viloyati.