IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Andijon shahridagi 7255-sonli harbiy qismda Andijon viloyati IIB YXXB xodimlari ishtirokida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda katta leytenant A.Rayimjonov yoʻl harakati qoidalari va unga kiritilayotgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida harbiy xizmatchilarga keng maʼlumot berdi. Shuningdek, tadbir davomida shaxsiy avtomoshinalari bor boʻlgan harbiy xizmatchilarning tegishli hujjatlari mavjudligi va ularning amal qilish muddatlari oʻtib ketmaganligi yuzasidan reyd tadbiri oʻtkazildi.
Abdulaziz Maʼmurov,
podpolkovnik.
Andijon shahri.