Navoiy viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari, polkovnik A. Rafiev viloyat IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Maxsus qabulxonasi faoliyatini oʻrgandi. Bunda mazkur muassasada maʼmuriy tartibda saqlanayotgan shaxslar, shuningdek xizmat oʻtayotgan xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kuzatuv kameralari sozligiga alohida eʼtibor qaratdi. Oʻrganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartarf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
Mahliyo MIRZAYEVA,
viloyat IIB JXX HPB XQMB
katta inspektori, podpolkovnik.
