Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishiga asosan, joriy yil 10 iyundan 10 iyunga qadar mamlakatimiz ichki ishlar organlarida “Intizom oyligi”ni oʻtkazilmoqda. “Intizom oyligi” rejasiga koʻra, Qashqadaryo viloyati IIBda sohaviy xizmatlar xodimlari bilan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. 

Yigʻilishda viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik Olimjon Abdullaev barcha ichki ishlar organlarida tartib-intizom va qonuniylikka ogʻishmay rioya etish, shaxsiy tarkib oʻrtasida ichki tartib-intizom va kundalik idoraviy nazoratni kuchaytirish borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish, xodimlar oʻrtasida beparvolik muhitiga barham berish uchun oʻzini oʻzi profilaktika qilish tizimini yoʻlga qoʻyish lozimligini taʼkidladi. Xizmat jarayonida salbiy holatlarga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiyaga qarshi murosasiz boʻlish, ichki ishlar organlari xodimlariga pora taklif qilish va boshqa noqonuniy maqsadlarni koʻzlagan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar koʻrish borasidagi ishlar koʻlamini oshirish borasida tegishli tavsiya va takliflar berdi. 

Yigʻilishda IIV MMI va KBTX katta inspektori, mayor F.Norqulov qatnashdi.

Sodiq RAHIMOV,

“Rostda” muxbiri.

Qashqadaryo viloyati.