“Intizom oyligi” barcha hududda boʻlganidek Fargʻona viloyatida ham samarali tarzda oʻtkazilmoqda.
Xususan, Fargʻona shahar IIOFMBda oylikni uyushqoqlikda tashkil etish va har bir xodim bilan individual ishlashga alohida ahamiyat qaratilyapti. Xodimlarning oilaviy sharoiti oʻrganilib, ularning oila aʼzolari bilan suhbatlashilmoqda.
Tartib-intizomni buzishga moyilligi boʻlganligi uchun “Xavf guruhi”ga kiritilgan xodimlar bilan ham manzilli ishlar tashkil etilgan.
Bundan tashqari, xodimlar tomonidan shaxsiy va xizmat avtomobillarini yoʻl harakati qoidalariga amal qilgan holda boshqarishlari nazorat qilinib, shu mavzuda suhbat va yoʻriqnomalar tashkil qilinmoqda.
Oylik doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlardan koʻzlangan maqsad, xodimlar oʻrtasida temir intizomni qaror toptirishdan iboratdir.
Farhodjon ERGASHEV,
podpolkovnik.
Fargʻona viloyati.
