“Intizom oyligi” doirasida Fargʻona viloyati Margʻilon shahar IIB tomonidan turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uch avlod uchrashuvlari tashkil etilmoqda. Xodimlarning oilaviy sharoiti, xizmat va shaxsiy avtomashinalardan qanday foydalanayotganliklari muntazam oʻrganilmoqda.
Bundan tashqari, shaxsiy tarkibning jismoniy va jangovar tayyorgarligi sinovdan oʻtkazilib, xizmat kiyimini kiyish, maʼyoriy hujjatlarni yuritish tartib-qoidalari mutasaddi rahbarlar va murabbiylar tomonidan kunlik monitoring qilib borilyati.
Oylikni samarali oʻtkazishda tizimda uzoq yillar ishlab, nafaqaga chiqqan faxriylarning yordami katta boʻlyotganini alohida taʼkidlash zarur.
Xususan, yaqinda shahar Ichki ishlar boʻlimida tashkil etilgan navbatdagi uch avlod uchrashuvida isteʼfodagi polkovnik Yusufali Sobirov va isteʼfodagi podpolkovnik Bahodirjon Muxtorov ishtirok etib, kasbga sadoqat, xizmat intizomiga amal qilish, halollik, fuqarolar bilan muloqot madaniyati kabi yoʻnalishlarda yosh xodimlarga oʻgit va maslahatlar berishdi.
Odiljon TOJALIYEV,
mayor.
Fargʻona viloyati.
