Nukus shahrida joylashgan «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida «Ochiq eshiklar kuni»ni oʻtkazildi.

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan oʻtkazilgan mazkur tadbirda shahardagi «Aydin jol» makon fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiladigan uyushmagan yoshlar va mahalla faollari ishtirok etib, taʼlim muassasida oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati.