Fargʻona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida tashkil etilgan videoselektor yigʻilishida 2022-yil tergov yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar sarhisob qilindi. 2023-yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim va ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Bundan tashqari, tadbir davomida sodir etilgan jinoyatlarni sifatli tergov qilib, yuqori koʻrsatgichlarga erishgan hamda hamkasblariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh xodimlarga diplom, esdalik sovgʻalari topshirildi.
Sohada uzoq yillar samarali mehnat qilgan 3 nafar xodim tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
