Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasining 1-sonli IIB binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tantanali tadbirda viloyat hokimi U.Qosimov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik A.Ismoilov, shahar IIB shaxsiy tarkibi, faxriylar va nuroniylar ishtirok etdi.
Yangi binoda 1-sonli IIBning 38 nafar xodimi fuqarolarning ogʻirini yengil qilish, ularning murojaatlarini oʻz vaqtida qabul qilish, hududlarda huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining barvaqt oldini olish maqsadida xizmat olib borishadi.
Oʻz muxbirimiz.
