Ayni kezlarda mamlakatimizdagi harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlarning jangovar tayyorgarligi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, fizika, matematika va mantiqiy savollar boʻyicha bilimlarini sinash va oliy oʻquv yurtlariga kirishi uchun test sinovlari boʻlib oʻtmoqda. Jumladan, IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Qarshi shahridagi 7256-harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar ham ushbu sinovlarda ishtirok etishdi.
Sinovlardan bilimi va aqliy salohiyati bilan oʻtgan askarlar yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish imtiyozini qoʻlga kiritadi.
Sodiq Rahimov,
“Postda” muxbiri.
Qashqadaryo viloyati.
