IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonining texnika va qurol-aslaha boʻyicha oʻrinbosari, polkovnik F. Ergashev 7535-harbiy qism 1-batalyonida boʻlib, muddatli harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Ularning jangovar tayyorgarligini yuksaltirish boʻyicha oʻtkazilayotgan mashgʻulotlarni oʻrganib, oʻzining zaruriy koʻrsatmalarini berdi.
Shundan soʻng batalyonda mavjud qurol-aslahalar, muhandislik anjomlari va avtotransport vositalarining holati, saqlanishini tekshirdi. Ularga oʻz vaqtida texnik xizmat koʻrsatilishi, boʻlinmaga yuklatilgan vazifalarni talab darajasida bajarish maqsadida ushbu texnikalar doimiy jangovar shay holatda saqlanishi kerakligini taʼkidlab oʻtdi.
Said MIRZAYEV,
mayor.
