Boyovut tumani IIB HPB XQMB katta inspektori Surayyo Poʻlatova «Boyovut textil» xususiy korxonasida boʻlib, xotin-qizlar bilan muloqotda boʻdi. Korxonada faoliyat yurituvchi ikki yuzdan ortiq ayolning bir qanchasi uchinchi sektor koʻmagida ishga joylashgan. Uchrachuv davomida ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, ijtimoiy muammolari oʻrganildi. Oilaviy hayotda duch kelinayotgan zoʻravonlik holatlari boʻyicha maʼlumotlar almashildi. Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
oʻz muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
