2019 yil mart oyida nomaʼlum shaxs Romitan tumani “Afrosiyob” mahallasida yashovchi, 1959 yilda tugʻilgan B.T. ismli ayolning yashash uyidan qiymati 60 million soʻmlik tilla buyumlarni yashirin ravishda talon-toroj qilgan edi. Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Jkning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgandi. Ammo nafaqat tuman IIB xodimlari, balki viloyat va qoʻshni shahar va tuman IIB xodimlari tezkor-texnik hamda surishtiruv, shuningdek, tergov harakatlari olib borishmasin, mazkur jinoyat ochilmay kelayotgan edi.
Oradan toʻrt yil oʻtib, surishtiruv va tergov harakatlari davomida ushbu jinoyat ochildi. Oʻgʻri shu tumanning “Navbahor” mahallasida yashovchi, 1992 yilda tugʻilgan U.B. boʻlib chiqdi. Ayni paytda unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
M.AHADOV,
“Postda” muxbiri.
Buxoro viloyati.
