Xavfsiz va sogʻlom yurt" keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri doirasida Navoiy shahri hududida targʻibot tadbirlari tashkil etildi. Dastlab, shahar IIB xodimlari hamda ijtimoiy soha vakillari ishtirokida xizmat oldi yoʻriqnoma oʻtkazildi. Unda kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish, fuqarolar xavfsizligini ishonchli taʼminlash maqsadida qator chora-tadbirlar belgilab berildi. Shundan soʻng, "Matonat" MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning xonadoniga tashrif buyurilib ularning mavjud muammolari oʻrganildi.
Navbatdagi manzil "Tinchlik" MFY hududi boʻlib, mazkur mahalla hududidagi yotoqxonalarning shart-sharoitlari oʻrganildi. Mavjud kamchiliklar yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, nizoli oilalar vakillari bilan suhbat oʻtkazilib, huquqiy tushuntirishlar olib borildi.
Mahliyo XOLOVA
Oʻz muxbirimiz,
Navoiy viloyati.
