Shofirkon tumani Tinchlik mahallasida yashovchi D.D.ning uyiga mehmonxona derazasi oynasini sindirish orqali nomaʼlum shaxs kirib, javon ichidan 800 ming soʻm, 100 AQSH dollari, sandiq ichidan esa 5 million 800 ming soʻm, 150 AQSH dollari miqdoridagi pullarni oʻgʻirlab, jabrlanuvchiga jami 9 million 100 ming soʻm moddiy zarar yetkazdi. Jabrlanuvchi oʻgʻirlik holatidan xabar topgach, zudlik bilan tuman IIBga murojaat qildi.
Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, kechiktirib boʻlmas tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borildi. Olib borilgan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni qoʻshni Gʻijduvon tumanining Kalon mahallasida yashovchi, 2000 yilda tugʻilgan Gʻ.Sh. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Hozirgi kunda ushbu shaxsning xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
M.AHADOV,
“Postda” muxbiri.
Buxoro viloyati.
