Ichki ishlar vazirligi Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi Oʻquv-dala markazida Malaka oshirish institutida boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik oʻquv kurslarida tahsil olayotgan xodimlarning qasamyod qabul qilish marosimi oʻtkazildi. Unda Institut jamoasi, faxriylar, keng jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Institut boshligʻi, texnika fanlari nomzodi, dotsent, polkovnik Olimjon Axmedov soʻzga chiqib, barchani yaqinlashib kelayotgan Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrikladi. 

Tadbirda soʻzga chiqqanlar ham xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatlariga muvaffaqiyat tilab, amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijasida professional asosdagi ichki ishlar organlari shakllangani, Vatanimiz mustaqilligi, xalqimiz tinch-osoyishta hayotining ishonchli kafolatiga aylanganini alohida qayd etdi.

Maxsus oʻquv kursida aʼlo koʻrsatkichlarga erishgan va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan bir guruh tinglovchilarga Institut rahbariyatining faxriy yorliqlari va tashakkurnomalari topshirildi.

IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati.