Bugungi kunda IIV Malaka oshirish instituti Tibbiyot xizmati xodimlari tomonidan tinglovchilar salomatligini muhofaza qilish, sifatli va shoshilinch tez tibbiy yordam koʻrsatish yoʻlida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida OIV infektsiyasi profilaktikasi, giyohvandlik, spitli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilmaslik hamda uning salbiy oqibatlari targʻibotiga alohida urgʻu berilib, tibbiy madaniyatni oshirishga qaratilgan seminar mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Shuningdek, mazkur taʼlim muassasasi hududida atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va uni bartaraf etish hamda tinglovchilarning maishiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlar uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Oʻz muxbirimiz.
