Bugun fuqarolarni turmush tarzida uchrayotgan kundalik va maishiy muammolarni hal etish, yoshlarni bandligi va ish bilan taʼminlash maqsadida tez-tez viloyat IIB rahbariyati tomonidan sayyor qabullar uyushtirib kelinmoqda. Jumladan, viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Nosir Nazarov Kitob tumanining togʻli hududida joylashgan “Palandara” mahallasida sayyor qabul oʻtkazdi. 

Sayyor qabulda tumandagi nafaqat “Palandara” balki unga yondosh joylashgan bir nechta mahalla fuqarolar yigʻini aholisi ham ishtirok etdi. Qabulda fuqarolarning 12 ta murojaati tinglandi. Unda fuqarolik hujjati olish, probasiya nazoratidan chiqarish, yer masalalari bilan bogʻliq muamolarga yechim izlandi. 

Viloyat IIB rahbariyati va tuman masʼullarining saʼy-harakatlari natijasida murojaatlarning 6 tasi joyida ijobiy hal etildi. 

Tadbirda 2 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berilib, mablagʻ va vaqt talab etadigan 5 ta murojaatlar nazoratga olinib, yechimini topish boʻyicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Abbos Yusupov,

kapitan 

Qashqadaryo viloyati