Surxondaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi bosh inspektori, kapitan Azamat Suvanov ham ana shunday halollikni shior qilgan xodimlardan. U bir emas, uch marotaba oʻzining xizmat vazifasiga sodiqligini namoyon etib, noqonuniy hujjat tayyorlab berishdan bosh tortdi, tamaga qoʻl urmadi. 

Birinchi holat 2023-yil­ning dekabrida sodir boʻldi. Afgʻoniston fuqarosi D.Sabir (ism-sharifi oʻzgartirildi) 

qariyb 5 yildan beri ishchi viza asosida oila aʼzolari bilan birgalikda Termiz shahrida yashaydi, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib keladi. U kapitan A.Suvanovning xizmat xonasiga borib, voyaga yetmagan farzandiga noqonuniy ravishda viza rasmiylashtirib berishi uchun xodimga 800 AQSH dollari miqdorida pora taklif qiladi. 

Oʻz navbatida, kapitan A.Suvanov unga qonunlari­mizga koʻra, oʻgʻli 2023-yil 22-dekabrda 18 yoshga toʻlishini, shu sababli undan Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi uchun pasport vizasi talab qilinishini, shuningdek, pora berish va olish uchun jinoiy javobgarlik belgilanganini tushuntiradi. 

D.Sabir shu kuni yana qay­tib kelib, pora taklif qiladi. Xodim unga qayta tushunti­rish berishiga qaramay, u bu harakatida davom etadi. 

Hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda D.Sabir 

800 AQSH dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida berayotgan vaqtida qoʻlga olindi. 

Joriy yilning yanvar oyida bosh inspektor A.Suvanovga noqonuniy viza muddatini uzaytirish uchun 200 AQSH dollari, yana bir holatda 

«B-2» (biznes viza) ishga kirish vizasini «E» ishchi kirish vizasiga almashtirish uchun 2 million soʻm pul mablagʻi pora sifatida taklif qilinadi. Ammo bosh inspektor birinchi holatdagidek xorijlik fuqarolarga bu harakatlari qonunla­rimizga zid ekanini bot-bot tushuntirishiga qaramay, ular taklif qilishda davom etishadi. 

Keyingi ikkala holatda ham A.Suvanovning bildirgisiga muvofiq, Afgʻoniston fuqarolari ushbu pullarni 

uning xizmat xonasida berayotgan vaqtida ushlandi. 

Feruza RAHMONQULOVA,

oʻz muxbirimiz.

Surxondaryo viloyati.