Oqoltin tumanining "Toshkent” mahallasida yangi huquq-tartibot maskani foydalanishga topshirildi. 

 Qisqa vaqtda barpo etilgan zamonaviy binoda barcha shart-sharoit yaratilgan. Maskanda profilaktika inspektorining xonasi, kichik majlislar zali, kutubxona, gigiena xonalari tashkil etilgan. Endilikda bu yerda onlayn-sud oʻtkazish, hududni videokuzatuv vositalarida nazorat qilish, profilaktik tadbirlar tashkillashtirish imkoniyati mavjud. Maskan zamonaviy mebellar, kimpʼyuter va ofis jihozlari bilan taʼminlangan.  

 Ochilish marosimida Oqoltin tuman hokimligi, IIB mutasaddilari, nuroniylar va jamoat faollari ishtirok etishdi.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

“Postda” muxbiri.

 Sirdaryo viloyati.