Xalqimizda “Tozalik boʻlgan joyda fayzu baraka boʻladi” degan naql bor. Ana shu naqlga amal qilinib, Navoiy viloyati IIB hamda uning hududiy boʻlimlarida hashar tashkil etildi. Hashar chogʻida ichki ishlar idoralari hududi, atrofi tozalandi. Oʻsimliklarga shakl berildi, daraxtlar oqlandi, ariqlar chiqindilardan tozalandi. Shuningdek, binolarning ichkarisida ham tozalash ishlari olib borildi. Xodimlarning hamjihatlikdagi saʼy-harakatlari tufayli atrof muhit yanada musaffolashdi. Buni koʻrib osoyishtalik posbonlarining ham bahru dili ochildi.
Mahliyo XOLOVA,
oʻz muxbirimiz.
Navoiy viloyati.
