Ota-bobolarimiz “Tozalik, poklik, saranjom-sarishtalik bor joyda qut-baraka boʻladi”, deb bejizga aytishmagan. Shu sababli Navoiy viloyati IIB hamda uning hududiy boʻlimlarida tez-tez hashar tashkil etilyapti.

Yaqinda viloyatning Zarafshon hamda Navoiy shaharlarida, Konimex, Tomdi, Navbahor va Nurota tumanlarida hashar uyushtirdilar. Hamjihatlikda oʻtgan ushbu xayrli tadbir chogʻida hududlar chiqindi va qurigan oʻt-oʻlanlardan tozalandi, daraxtlarga shakl berilib, ular oqlandi, ekinlar sugʻorildi. Shuningdek, binolar ichkarisi ham chang-gʻuborlardan xoli boʻldi, ish buyumlari tartibga solinib, xonaki gullar oʻtqazildi.

Mahliyo XOLOVA,

oʻz muxbirimiz.

Navoiy viloyati.