Boyovutda sportning voleybol turi boʻyicha «Ichki ishlar vaziri kubogi» musobaqasining tuman bosqichi oʻtkazildi.

Musobaqa tumandagi barcha mahallalar hamda sport maktabi oʻquvchilari ishtirok etishdi. Tadbirda Boyovut tumani BOʻSM, «Sohil», «Uchturgon» mahallalari jamoalari munosib qatnashdi.

Turnir yakuniga koʻra, gʻolib va sovrindorlar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Xurshid MUQUMOV,

Boyovut tumani IIB M va kadrlar bilan taʼminlash boʻlimi katta inspektori, kapitan.

Sirdaryo viloyati.