Sovuq kunlar boshlanishi bilan binolarda yongʻin xavfi ortadi. Hozirgi kunda hududlarda kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlashga doir chora-tadbirlar olib borilmoqda. Jumladan, viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi hamda FVB masʼul xodimlari hamkorligida Buxoro shahrining turistik hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalari, savdo obyektlari va tarixiy obidalar boʻylab targʻibot ishlari olib borildi.

        Targʻibot ishlarida asosan aholiga isitish pechlari va gaz moslamalaridan foydalanish qoidalari, gaz hamda havo aralashmasining chaqnashi, is gazidan zaharlanish va boshqa noxush holatlarning oldini olish borasida tushuntirishlar berildi.

 

Umid QUTLIYEV,

katta leytenant.

Buxoro viloyati.