Urganch shahrida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi masʼul xodimlari, shahar IIB JXX HPB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlar hamda “Oqila ayollar” jamoatchilik kengashi faol aʼzolari ishtirokida seminar-yigʻilish boʻlib oʻtdi. “Turmush” profilaktik tadbiri doirasidagi ushbu tadbirda xotin-qizlar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, bandligini taʼminlash hamda kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama etildi. Seminarda qoʻlga kiritilgan yutuqlar alohida eʼtirof etilib, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tilga olib oʻtildi va ularni bartaraf etish boʻyicha zarur tavsiya va topshiriqlar berildi. 

  Tadbirda boʻsh ish oʻrinlar mehnat yarmarkasi ham tashkil etilib, tadbirkor ayollar tomonidan ishlab chiqarilgan turli mahsulotlar namoyish etildi.

Oʻz muxbirimiz. 

Xorazm viloyati.