Yoshlar oyligi doirasida «Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida Toshkent shahar IIBB JTSB Patrul-post xizmati brigadasida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Bosh boshqarma Faxriylar kengashi aʼzolari, koʻp yillar davomida vijdonan xizmat qilib nafaqaga chiqqan xodimlar, hamda ichki ishlar organlarining yosh xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda faxriylar Ichki ishlar organlari tarixi, oʻzlari xizmat olib borgan favrlari haqida gapirib berishdi. Shuningdek, bugungi sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanib, har bir xodim jinoyatchilikning oldini olishda jonbozlik koʻrsatishi lozimligi haqida uqtirildi.

Tadbirda xizmatda ijobiy natijalarni qoʻlga kiritib kelayotgan xodimlarga faxriy yorliqlar topshirildi. Yosh avlod tarbiyasiga katta hissa qoʻshayotgan faxriylar ham alohida taqdirlandi.

Sarvar SOBIROV,

«Postda» muxbiri.