Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan uch avlod uchrashuvi tashkil etildi. Soha faxriylari, IIV Jizzax akademik liseyi oʻquvchilari ishtirokida oʻtgan tadbir avvalida IIV oʻquv muassasalari, xususan tizimida faoliyat olib borayotgan pedagoglarning sharafli va mashaqqatli xizmati haqida soʻz yuritildi. Keksa avlod vakillari yoshlarga bilim olish va Vatanga xizmat qilishga oid maslahat va tavsiyalarini bildirdilar. Tadbir yakunida faxriylarga esdalik sovgʻalari topshirildi. 

 Alijon ABDUSATTOROV,

“Rostda” muxbiri.

Jizzax viloyati.