Joriy yilning 20 sentabr kuni Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanidagi “Yakkatut” mahallasida yashovchi X.Sh.ga talonchilar hujum qildi.
Uch nafar shaxs uni urib, “Samsung” rusumli telefon apparati, fuqarolik pasporti, haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi hujjatlari hamda ichida 600 AQSh dollari va 60 ming soʻm pullari boʻlgan katmonini tortib qilib, hodisa joyidan yashirinishdi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmatining xabar qilishicha, surishtiruv ishlari natijasida uch nafar talonchi topilib, porosessual tartibda ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Abduvosit Sidiqov,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
