“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish ishlari Yunusobod tumanida ham qizgʻin davom etmoqda. Xususan, tuman uchinchi sektor ishchi guruhi IIOFMB boshligʻi, sektor rahbari, polkovnik Abdumajid Shermuxamedov boshchiligida kuz mavsumida daraxt koʻchatlarini ekish ishlarini amalga oshirishdi. Bu xayrli ish “Adolat” mahallasi hududida tashkil etilib, unda 550 tup mevali va shuncha tup manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
