Jizzax viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov Paxtakor tumanining Nurli pangat qishlogʻida sayyor qabul oʻtkazdi. Tadbir avvalida bir necha fuqaroga nogironlik aravachalari, subsidiya asosida tikuv mashinalari, shuningdek yana bir guruh yoshlarga oliy taʼlim muassasalarining kontrakt toʻlovi, haydovchilik va xorijiy tillarni oʻrganish kurslarida oʻqish xarajatlarining qoplanishiga oid sertifikatlar topshirildi. Bundan tashqari, 5 nafar faol oʻquvchi 5 muhim tashabbus doirasida ragʻbatlantirildi.

Tumanning “Nurli pangat”, “Paxtakor”, “Dilorom”, “Bogʻishamol” va “Samarqand” mahallalari aholisi ishtirokida oʻtgan sayyor qabulda aholini qiynayotgan bir qator muammolar koʻtarildi va ularni hal qilish choralari belgilandi. Soʻng uchinchi sektor rahbari profilaktika inspektori, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot oʻtkazib, fuqarobay va mahallabay ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan topshiriq va tavsiyalar berdi.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Rostda” muxbiri.

Jizzax viloyati.