Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida yosh xodimlarining jamiyatdagi faolligini oshirish, ilmiy va ijodiy salohiyatini yuksaltirish, ilgʻor gʻoya va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, faol yoshlar bilan davlat boshqaruv organlari, jamoat tashkilotlari hamkorligini mustahkamlash maqsadida bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib borilmoqda.
Xiva shahar IIBda ichki ishlar organlari tizimida uzoq yillar samarali xizmat qilgan, boy hayotiy tajribaga ega boʻlgan soha faxriylari bilan “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Tadbirda isteʼfodagi polkovniklar R. Rahimov, A. Tojiyev, isteʼfodagi podpolkovnik Sh. Husainovalar soʻzga chiqib, oʻzlarining boy hayotiy tajribalarini, erishgan yutuq va tashabbuslarini yoshlar bilan oʻrtoqlashishdi. Zarur tavsiyalar, oʻrinli taklif va mulohazalar bildirishdi.
Uchrashuvda ichki ishlar organlari faxriylari va yosh xodimlari oʻrtasida “ustoz-shogird” anʼanasi yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar ham muhokama etildi.
Tadbir soʻngida xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondashib, hamkasblariga oʻrnak boʻlayotgan bir guruh yosh xodimlarga tashakkurnoma hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirildi
Saʼdulla ABDULLAYEV,
Viloyat IIB MMI va KBTX katta
inspektori, safdor.
