Qoʻngʻirot tumanida ichki ishlar organlari xodimlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda oʻtkazgan tezkor tadbir davomida pora olish jinoyati fosh etildi.

Xususan, ichki ishlar idorasiga ariza bilan murojaat qilgan fuqaro ikki nafar ayol uni Qoʻngʻirot tumanidagi qoʻshma korxonalardan biriga ishga joylashtirish evaziga 20 million soʻm miqdorida pul soʻrayotganini bildirdi. Ularning ushbu noqonuniy harakatiga nisbatan chora koʻrishni soʻradi.

Ushbu murojaat asosida maxsus tadbir tashkil etilib, pul soʻragan shaxslar oʻzlari talab qilgan 20 million soʻm pulni fuqarodan olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Azamat PIRNIYAZOV,

«На посту» muxbiri.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi.