Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning shahar va tumanlardagi boʻlinmalari tomonidan faxriylarning boy tajribasidan yoshlar tarbiyasida foydalanish yuzasidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bir guruh xodimlar viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlarida uzoq yillar samarali xizmat qilgan faxriylar bilan suhbat oʻtkazish maqsadida ularning xonadonlariga tashrif buyurishdi.

Faxriy xodimlar holidan xabar olinib, esdalik sovgʻalari taqdim etildi. Shu kuni shogirdlar qadrli ustozlar davrasida suhbat qurib, samimiy dil izhorlarini bildirishdi. 

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

“Postda” muxbiri.

Sirdaryo viloyati.