Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon tumanida yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan mazkur hududda joylashgan mahalla, tashkilot va aholi gavjum joylarda profilaktik suhbat tashkil etildi.
“Umr – tezlikdan muhimdir” shiori ostida boʻlib oʻtgan ushbu tadbirda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi haydovchilarga mamlakatimizda sodir etilgan yoʻl-transport hodisalarining tafsilotlari haqida maʼlumotlar berilib, ularning ayanchli oqibatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, haydovchilarga yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya etish va tezlikni meʼyoridan oshirmaslik toʻgʻrisida tushuntirishlar olib borildi.
Oʻz muxbirimiz.
