Ustoz koʻrmagan shogird har maqomga yoʻrgʻalar deyishadi. Shuning uchun ustoz va murabbiylar pand-nasihati, bilimiga doim ehtiyoj sezamiz. Ulardan bilmaganimizni soʻrab oʻrganamiz, ustozlar yordami bilan turli muammolarga yechim topamiz.
IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7253-harbiy qismda ham ana shunday usozlar koʻpchilikni tashkil etadi. Tizimda koʻp yillardan buyon xizmat qilib kelayotgan 3-qoʻriqlash vzvodi nazorat oʻtish joylarini qoʻriqlash guruhi 1-toifali nazoratchisi, katta serjant Muhammadali Ahmedovni ham koʻpchilik oʻziga ustoz deb biladi. Katta serjant esa bilganini oʻrgatishdan toʻxtamaydi.
