“Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7258-harbiy qism muddatli harbiy xizmatchilari oʻzlarining bilim olgan dargohida qoʻliga qalam tutqazgan, oʻqishni va yozishni oʻrgatgan birinchi ustozlarini tabriklash maqsadida maktablarda boʻlishdi. Jumladan, muddatli harbiy xizmat oddiy askari Azizbek Hojiyev Jondor tumanidagi 42-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurdi. U volidayi muhtaramasi, boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Ohista Ahadovani tabrikladi. Shuningdek, muddatli harbiy xizmat oddiy askari Otabek Muhidinov Buxoro shahridagi 20-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Munira Yoʻldoshevaga guldasta va sovgʻalar topshirdi. Bayram arafasida harbiy xizmatchilar ustozlariga tabrik va minnatdorchiliklarini bildirdilar. 

Aziz ELOV,

podpolkovnik. 

Buxoro viloyati.