Lavhamiz qahramoni Toshkent kinovideotexnika kasb-hunar texnikumini tugatib, dastlabki xizmat faoliyatini poytaxt IIBB JTSB Kinologiya xizmatida boshladi.
Kasb sir-asrorlarini oʻrganib, sohani egallashida murabbiyi – mayor Yerlan Tashmanovning alohida oʻrni bor.
Bugun uning oʻzi ham shogirdi, kapitan Shuhrat Hamidullayev bilan hamkorlikda tuman IIOFMB faoliyatida uygʻunlikni taʼminlash, aloqa va tegishli kommunikasion tizimlarning kecha-yu kunduz uzluksiz ishlashini nazorat qilishda baholi qudrat xizmat olib bormoqda.
Mavjud videokuzatuv kameralarida nosozlik kuzatiladimi, kompyuterlarning dasturiy taʼminoti ishdan chiqadimi, aloqa vositalari buziladimi, muammoni tezda bartaraf etganida, xodimlar tomonidan bir ogʻiz minnatdorlik bildirilganida, barcha charchoqlar unut boʻlib, xizmatga boʻlgan ishtiyoq yanada ortib boraveradi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
