Fargʻona viloyati Toshloq tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida shu tumanning “Oʻzbekiston” mahallasida yashovchi H.Gʻ. oʻz xonadonida tanishlariga qimor oʻynash uchun sharoit yaratib, qimorxona tashkil qilganligi aniqlandi. Tadbir davomida qimorbozlardan 1 million 415 ming sum pul va oʻyin kartalari ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmatining maʼlum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.