Toshkent viloyatida mazkur hudud IIBB hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bir qator tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Jumladan, olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida, jami 1 milliard 14 million soʻmlik boʻlgan 1 million 709 ming dona pirotexnika vositalari aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. Shuningdek, ushbu holatlar boʻyicha 80 nafar shaxs maʼmuriy, 9 nafari esa, jinoiy javobgarlikka tortildi.

Hozirda ham mazkur yoʻnalishdagi profilaktik tadbirlar uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

Oʻz muxbirimiz.